Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va joylashtiring

Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.

Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.

Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan himoyalang

Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.

Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.

Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang, chunki bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.

Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.

Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash idishlari ichiga qo‘ymang

Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.

Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.

Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda saqlamang

Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

O'zbek