Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang. Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish tavsiya etiladi

Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

Batareyani quyidagi haroratda saqlash tavsiya etiladi: 0 °C dan 45 °C gacha.

Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall buyumlar bilan birga saqlamang

Qurilmangizning ustki qismi chizilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda, yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.

Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang

Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati yo‘qotilishi mumkin.

Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi ilovalardan foydalanmay turing

Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang

Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi mumkin.

Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang

Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.

O'zbek