SAR sertifikatlari haqida ma‘lumot

USHBU QURILMA RADIO TO‘LQINLAR BO‘YICHA XALQARO TALABLARGA JAVOB BERADI

Sizning mobil qurilmangiz radio to‘lqinlarini ham uzatadi ham qabul qiladi. U xalqaro normativlar tomonidan tavsiya etilgan radio to‘lqin darajalaridan (radio to‘lqin elektromagnitli maydonlar) oshib ketmaydigan qilib ishlab chiqilgan. Normativlar mustaqil ilmiy-tadqiqot instituti (ICNIRP) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u yoshi va sog‘ligidan qat‘iy nazar barcha insonlar uchun xavfsiz bo‘lgan magnit maydonlar chegarasini o‘z ichiga oladi.

Radio to‘lqin ta‘siri normativi SAR o‘lchov birligidan foydalanadi. Mobil qurilma uchun SAR qiymatining maksimal o‘lchami : 2,0 W/kg. SAR sinovlari qurilmaning oddiy ishchi holatida barcha ishchi chastotalari diapazonlarining eng yuqori kuchlanishi rejimida amalga oshiriladi.

Foydalanish vaqtida, qurilmaning amaldagi SAR qiymatlari yuqorida ko‘rsatilgan qiymatlardan sezilarli darajada past bo‘ladi. Buning sababi, tizim samaradorligini oshirish va tarmoqdagi to‘siqlarni kamaytirish maqsadida, qo‘ng‘iroq uchun to‘liq quvvat bilan ishlash shart bo‘lmaganda, mobil qurilmangizning ishchi kuchi avtomatik ravishda pasaytiriladi. Qurilma kuchlanishi qanchalik kam bo‘lsa, SAR qiymati ham shuncha past bo‘ladi.

Butunjahon Salomatlik Tashkiloti va AQShning Oziq-ovqat va Dori- darmonlar Ma‘muriyati kabi tashkilotlar agar insonlar nurlanishni oldini olishni istasalar, ular simsiz qurilmalarni bosh va tanadan uzoqroq saqlash uchun dinamik aksessuarlaridan foydalanishlarini, yoki hech bo‘lmaganda simsiz qurilmalardan kamroq foydalanishlarini tavsiya etadi. Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun www.samsung.com/sar saytiga tashrif buyuring va qurilmangizni model raqami bo‘yicha qidiring.

O'zbek