Texnik xizmat ko’rsatish

Smart check

Bu funksiyani yoqish uchun avval Play Store yoki Apple Store-da Samsung Smart Washer-ni yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o’rnating.

Texnik xizmat ko’rsatish

Smart Check (Aqlli tekshiruv) funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan:

Galaxy va iPhone seriyalari (Faqat qo’llaniladigan modellar).

1.Отжим (Siqish) va Тип Сушки (Quritish turi) tugmasini 3 soniya baravar bosib turib Smart Check rejimiga kirasiz.

2.Kir yuvish mashinasi o’zini o'zi tekshiradi, agar muammo topilsa, xato kodini ko’rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check (Aqlli tekshirish) tugmasini bosing.

4.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yaqin olib boring, bunda mobil qurilma bilan kir yuvish mashinasi yuzma- yuz holatda bo'lishi lozim. So'ng xato kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Xato kodi to’g’ri aniqlanganida, ilova xato haqida batafsil ma’lumot va uni bartaraf etish choralarini ko’rsatadi.

IZOH

Funksiya nomi uchun, Smart Check (Aqlli tekshiruv), tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug'lik akslansa, ilova xato kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check (Aqlli tekshiruv) kodini ketma-ket aniqlay olmasa, xato kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

42  O’zbekcha

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 42

2017/3/2 20:36:15

Page 234
Image 234
Samsung WD80K5410OS/LP, WD80K5410OW/LP manual 42 O’zbekcha