Texnik xususiyatlar

Atrof-muhitni himoya qilish

Ushbu kir yuvish mashinasi qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan materiallardan qilingan. Agar siz ushbu kir yuvish mashinangizni chiqitga chiqarmoqchi bo’lsangiz, mahalliy maishiy chiqindilarni chiqitga chiqarish qoidalariga amal qiling. Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash mumkin bo’lmasligi uchun elektr manabiga ulash kabelini qirqib oling. Hayvonlar yoki yosh bolalar mashinasi ichiga qamalib qolmasliklari uchun kir yuvish mashinasi eshigini olib qo’ying.

Ishlab chiqaruvchi ko’rsatmalarida tavsiya qilingan kir yuvish vositasi miqdoridan oshirib yubormang.

Faqat bu juda zarur bo’lgan hollardagina kir yuvish siklini ishga tushirishdan avval dog’ ketkazuvchilar va oqartiruvchilardan foydalaning.

Kir yuvish mashinasini to’liq yuklanish bilan ishlatish sizga suv elektr quvvati xarajatlarini tejab qolishingizga imkon beradi (yuklanadigan kirlarning aniq vazni foydalaniladigan dasturga bog’liq bo’ladi).

Texnik xususiyatlar

60  O’zbekcha

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 60

2017/3/2 20:36:28

Page 252
Image 252
Samsung WD80K5410OS/LP, WD80K5410OW/LP manual Atrof-muhitni himoya qilish