Samsung WD80K5410OS/LP, WD80K5410OW/LP manual Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

Models: WD80K5410OW/LP WD80K5410OS/LP

1 256
Download 256 pages 53.29 Kb
Page 196
Image 196

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan. Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.

Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH

Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

1.Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to’g’risida avvaldan ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

2.Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

3.Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.

4.Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

4  O’zbekcha

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 4

2017/3/2 20:36:02

Page 196
Image 196
Samsung WD80K5410OS/LP, WD80K5410OW/LP manual Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar