Samsung WD80K5410OW/LP, WD80K5410OS/LP manual Diqqat

Models: WD80K5410OW/LP WD80K5410OS/LP

1 256
Download 256 pages 53.29 Kb
Page 197
Image 197

5.Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

6.Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.

7.Yevropada foydalanish uchun: Muntazam ko'z-quloq bo'lib turilmasa, 3 yoshdan kichik bolalarni mashina yaqiniga yo'latmaslik kerak.

DIQQAT

8.Issiqlik o’chirgichining tasodifiy qayta o’rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o’chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta’minlanmasligi yoki xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o’chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

9.Tozalashda sanoatda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar qo'llanganda, quritish mashinasidan foydalanilmasin.

10.Zarar bo'lsa, qil va ipchalar filtrini tozalash lozim.

11.Quritish mashinasi bo'ylab qil va ipachapar to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak. (binodan tashqariga chiqarib tashlovchi mashinalarga tegishli emas)

12.Boshqa yoqilg'ilarda, shu jumladan, ochiq olovda ishlovchi jihozlardan chiqadigan gazlarning xonaga qaytib kirishini oldini olish uchun yetarlicha ventilyatsiyani ta'minlash kerak.

13.Yuvilmagan narsalarni quritish mashinasida quritmang.

14.O'simlik yog'i, atseton, spirt, benzin, kerosin, dog' ketkazuvchi vositalar, terpentin, mum va mum ketkazuvchi vositalar bilan kirlangan narsalarni qo'shimcha miqdorda kir yuvish vositasi bilan yuvgandan so'nggina, quritish mashinasida quritish lozim.

15.Ko'pik rezina, (lateksli ko'pik rezina), cho'milganda boshga kiyiladigan qalpoqlar, suv o'tkazmaydigan matolar, rezina taglikli narsalar va ko'pik rezina tagliklar bilan to'ldirilgan kiyimlar yoki yostiqlarni quritish mashinasida quritish mumkin emas.

16.Mato yumshatgich yoki shunga o'xshash boshqa vositalardan ularning ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan yo'riqlar asosida foydalanish lozim.

17.Quritish uchun mashinaga solingan narsalarga zarar yetmasligi uchun quritish jarayonining oxirgi bosqichi issiq berilmasdan (sovutish bosqichi) amalga oshiriladi.

18.Sigareta yondirgich, gugurt kabi narsalarni cho'ntaklardan olib qo'ying.

O’zbekcha  5

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 5

2017/3/2 20:36:02

Page 197
Image 197
Samsung WD80K5410OW/LP, WD80K5410OS/LP manual Diqqat