Ishga tushirishdan avval

Dastlabki sozlashlar

”Kalibrlash” funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)

Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlash-ni ishga tushirishdan avval barabanning bo’sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

1.Kir yuvish mashinasida quvvatni o'chiring, so'ng yana yoqing.

2.Температура (Harorat) va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasini birgalikda 3 soniya bosib turgan holda kalibrlash rejimiga kiring. “CB” xabari paydo bo'ladi.

3.Kalibrlash siklini amalga oshirish uchun Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.

4.Baraban taxminan 3 daqiqa soat mili yo’nalishida va unga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.

5.Sikl yakuniga yetgach, displeyda “0” paydo bo'ladi va mashina avtomatik tarzda o'chadi.

6.Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar

1-QADAM - Turlarga ajratish

Kirlarni quyidagi mezonlar bo’yicha turlarga ajrating:

Yuvish bo’yicha ko’rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.

Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.

O’lchami: Turli o’lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.

Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

IZOH

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

Ishga tushirishdan avval

O’zbekcha  25

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 25

2017/3/2 20:36:06

Page 217
Image 217
Samsung WD80K5410OW/LP, WD80K5410OS/LP Ishga tushirishdan avval, Dastlabki sozlashlar, Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar