O’rnatish

O’rnatish

8. Suv ta'minoti shlangining boshqa uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi suv kiritish klapaniga ulang. Uni qotirish uchun shlangni soat mili yo'nalishida burang.

9. Suv kranini oching va ulanish sohasi atroflaridan hech qanday oqib chiqishlar yo'qligini tekshiring. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa, yuqoridagi qadamlarni qaytadan bajaring.

OGOHLANTIRISH

Suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanishni to'xtating va mahalliy Samsung xizmat ko'ratish markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.

IZOH

Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

22  O’zbekcha

WD80K5410OW_03744Q-02_UZ.indd 22

2017/3/2 20:36:06

Page 214
Image 214
Samsung WD80K5410OS/LP, WD80K5410OW/LP manual 22 O’zbekcha