O'rnatish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Muzlatgichni nam yoki unga suv tegishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.

-Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishiga yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu muzlatgichni bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa issiqlik chiqazadigan jihozlar oldiga joylashtirmang.

Bir qancha jihozni bitta elektr quvvat tarmog'iga ulangan bir necha rozetkalar uyasiga ulamang. Muzlatgich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan holda turishi va undagi quvvat kuchlanishi zavod taxtachasida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.

-Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini oladi. Yuklanish o'z o'rnida simlarning qizib ketishiga va natijada yong'in chiqish xavfini tug'dirishiga olib kelishi mumkin.

Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.

-Chunki yong'in chiqishi yoki elektr toki urish xavfi mavjud.

Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylarga ega kabeldan foydalanmang.

Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni joylashtirmang.

Elektr kabelini tortmang yoki haddan ziyod bukmang.

Elektr kabelini buramang yoki tugmang.

O'zbek  7

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Untitled-9 7

 

 

1/11/2018 2:53:27 PM