Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli modellarga taalluqli bo’lganligi uchun muzlatgichingizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi mumkin. Agar biron-bir savolingiz yoki bu borada tashvishlaringiz bo'lsa, sizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi markaziga murojaat qiling yoki tegishli yordam va kerakli ma'lumotlarni ushbu saytdan oling: www.samsung.com.

R-600a yoki R-134a xladagent vositasi sifatida qo'llaniladi. Ushbu muzlatgichda qaysi sovitish moddasi ishlatilayotganini ko'rish uchun jihozning orqa tarafidagi kompressor yorlig'i yoki muzlatkich ichidagi pasport yozuvlarini tekshirib ko'ring. Agar ushbu mahsulotda o't oluvchi gaz (R-600a sovitish moddasi) bo'lsa, uni xavfsiz qayta ishlashga topshirish masalasida mahalliy hokimiyat idorasiga murojaat qiling.

Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasining hosil bo'lishi oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo'lgan xonaning o'lchami foydalanilgan sovitish kimyoviy moddasi miqdoriga bog'liq bo'lishi kerak.

Jihozda har qanday shikastlanish holatlari aniqlansa, uni yoqmang. Agar shubhangiz bo'lsa, dilerga murojaat qiling. Jihozga quyilgan har 8 gramm R-600a sovitish moddasi uchun xonada 1 m³ o'lchamdagi joy bo'lishi kerak. Jihozingizdagi sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.

4  O'zbek

Untitled-9 4

 

 

1/11/2018 2:53:26 PM