Ishlatish amallari
Ishlatish amallari
Suv dispenseri
Suv dispenseri yordamida muzlatkich eshigini ochmay turib osongina muzday suv olishingiz mumkin. Bu xususiyatdan foydalanishdan oldin, suv idishini faqat ichimlik suv bilan to‘ldiring.
Suvdonni ichimlik suv bilan to‘ldirish uchun
Muzlatkich eshigini oching va eshik tokchalarida joylashgan suvdonni toping.
1. Suvdonni chiqarib olish uchun uning ikki yonidagi tutqichlaridan ushlang va ko‘taring.
2. Suv idishini 2,3 litrgacha bo'lgan ichimlik suvi bilan to'ldiring. Suvdonning tepa qopqoqchasi yoki butun qopqog‘ini chiqarib oling va unga suv qo‘ying.
IZOH
Suvdondan birinchi marta foydalanishdan oldin, uning ichini tozalang.
3. Suvdonni joyiga o‘rnating va eshikni yoping. Suvdonning suv chiqish joyi oldinga qaratilganini tekshiring.
48 O'zbek
1/11/2018 2:53:36 PM