Muz hosil qilish idishini bo'shatish uchun ikki chekkasidan ushlang yengil buring va muz bo'lakchalarini tushiring.
Suv uzatgichi (dispenser) (faqat tegishli modellarda)
Suv uzatgich yordamida muzlatgich eshigini ochmay turib osongina muzday suv olishingiz mumkin.
IZOH
Agar siz dispenser dastagini taxminan 1 daqiqa davomida bosib tursangiz, dispenser ishlash muammosi tufayli o'chadi. Ko'proq suv olish uchun bir necha soniya kuting va qaytadan suv olishni takrorlang.
Suv idishini to'ldirish uchun
Birinchi marotaba foydalanilganda suv idishining ichki qismini yuving va yaxshilab arting.
1. Idishning oldidagi ikkala tutadigan joyidan ushlang va ko'rsatilgandek tortib chiqaring.
2. Qopqoqning old eshikchasini (A) oching yoki butun qopqoqni oching (B) va eng ko'p 5 L suv bilan to'ldiring.
DIQQAT
Suv maksimal chizig'idan oshib ketmasin. Suv to'kilib ketadi.
AB
3. Suv idishini joyiga joylashtiring va dispenser mexanizmiga yaxshilab joylashsin. Idishning old tarafi (old qopqoqchasi bilan) old tarafga qarab turishiga ishonch hosil qiling.
O'zbek 45
Ishlatish amallari
1/11/2018 2:53:35 PM