4-qadam Darajani to'g'irlash oyoqlarini sozlang.
Muzlatgichni qo'lda sozlanadigan oyoqchalarini burib darajasini sozlang. Burchakni pasaytirish uchun tekislovchi oyog'ini soat mili bo'yicha aylantiring, tushirish uchun esa soat miliga qarshi aylantiring. Xavfsizlik nuqtai nazardian muzlatgichning old tarafini orqaga nisbatan bir oz balandroq qiling.
Oyoqlarni rasmda ko'rsatilgani kabi poldan 66 mm (A) ko'taring.
A
O‘rnatish
5-qadam Birlamchi sozlamalar
Quyidagi qadamlarni bajarganingizdan so'ng muzlatgich to'liq ishlashni boshlashi kerak.
1.Muzlatgichni yoqish uchun vilkani rozetkaga tiqing.
2.Eshigini oching va ichki chirog'i yonganligini tekshiring.
3.Haroratni eng sovuq darajaga qo'ying va bir soatcha kuting. Muzxona bir oz muzlaydi va muzlatgich motori ravon ishlab ketadi.
4.Muzlatgich belgilangan haroratga yetgunga qadar kuting. Endi muzlatgich foydalanishga tayyor.
6-qadam So'nggi tekshirish
O'rnatish nihoyasiga yetgandan so'ng quyidagilarni tekshiring:
•Muzlatgich rozetkaga tiqilganligiga va tegishli ravishda yerga ulanganligiga.
•Muzlatigch bir tekis joyda o'rnatilganligiga devordan yoki o'zidan yetarlicha bo'sh joy qolganligiga.
•Muzlatgich bir tekis joylashganligiga va polda mustahkam turishiga.
•Eshik erkin ochilib yopilishiga, eshik ochilganda ichki chiroq avtomatik tarzda yonayotganligiga.
O'zbek 35
1/11/2018 2:53:31 PM