pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish (qo'lda va avtomatik)

Taom tayyorlash

Isitish

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida

tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

Miqdori va zichligi

Tarkibidagi suv miqdori

Boshlang'ich harorat (muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi sababli, taom pechdan olingandan keyin ham taom pishayotgan bo'ladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni o'rtasigacha bir tekis pishirish.

Taomning butun hajmi bo'ylab bir xil harorat.

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi.

Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.

1. СВЧ (Mikroto‘lqin) tugmasini bosing.

Natija: 800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) ko'rsatkichlari namoyish qilinadi

2. Doiraviy shkalani (800 Vt) bosgandan keyin Doiraviy shkalani burash va СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosish orqali vaqtni 4-5 daqiqaga o‘rnating.

Natija: Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1)Tayyorlash boshlanadi, yakunlanganida pech 4 marta tovushli signal beradi.

2)Yakunlanganini eslatish signali (bir daqiqa

intervali bilan) 3 marta beriladi.

3) Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.

Pech mos keladigan rozetkaga tiqilgan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

O'zbek - 14

MG23H3115FR,MG23H3115PR_BW_DE68-04424A-00_UZ.indd 14

2015-12-09

�� 10:15:16

Page 140
Image 140
Samsung MG23H3115PR/BW Pechdan foydalanish, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili, Pechning Togri Ishlashini Tekshirish