GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi. Shu maqsadda mikroto'lqinli pech gril panjarasi bilan jihozlangan.

1. Гриль (Gril) tugmasini bosish va Doiraviy shkalani burash orqali vaqtini qo‘yib, grilni talab qilingan haroratgacha qizdirib oling.

2. СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosing.

3. Qizdirib olgach, eshigini oching va taomni panjaraga qo‘ying. Eshikchani yoping.

4.Гриль (Gril) tugmasini bosing.

Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

5. Doiraviy shkalani buragan holda gril vaqtini o‘rnating. Grilda tayyorlashning eng uzoq vaqti 60 daqiqa.

6.СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosing.

Natija: Grilda tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash

yakunlangandan keyin.

1) Pech 4 marta tovushli signal beradi.

2)Yakunlanganini eslatish signali (bir daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.

Tayyorlash paytida qizdirish elementi o'chib-yonsa, xavotir olmang. Ushbu tizimning ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.

Pechdagi idishlarga tegayotganda doimo pech qo'lqoplaridan foydalaning, chunki ular qaynoq bo'ladi.

MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto‘lqinli pechda va oddiy pechda ishlatish mumkin bo‘lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.

1.Pech eshigini oching.

Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

2. СВЧ+ГРИЛЬ (MIKROTO‘LQIN+GRIL) tugmasini bosing.

3. Doiraviy shkalani tegishli quvvat darajasi ko‘rsatilgunicha burang. Shu paytda quvvat darajasini qo‘yish uchun Doiraviy shkalani bosing.

4. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlash vaqtini o‘rnating.

Grilda tayyorlashning eng uzoq vaqti 60 daqiqa.

5.СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosing.

Natija: Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.

Tayyorlash yakunlangandan keyin.

1) Pech 4 marta tovushli signal beradi.

2)Yakunlanganini eslatish signali (bir daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.

Mikroto'lqin va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 600 Vt.

Gril haroratini o‘rnata olmaysiz.

04 PECHDAN FOYDALANISH

O'zbek - 29

MG23H3115FR,MG23H3115PR_BW_DE68-04424A-00_UZ.indd 29

2015-12-09

�� 10:15:21

Page 155
Image 155
Samsung MG23H3115FR/BW Gril Rejimida Tayyorlash, Mikrotolqinlar VA Grildan Birgalikda Foydalanish, Pech eshigini oching