Xizmat ko‘rsatish

Xizmat ko‘rsatish

Tozalash

OGOHLANTIRISH

Tozalashdan avval pech va anjomlarning soviganiga ishonch hosil qiling

Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.

Pechning ichki qismi

Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning.

Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.

Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi uchun standart pech tozalagichidan foydalaning.

Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.

Pechning tashqi yuzasi

Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va yumshoq tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va quruq latta yoki sochiq bilan arting.

Ichidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘ va kirlar ayniqsa tutqich atrofida qolib ketishi mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni tozalash tavsiya etiladi.

Anjomlar

Har gal foydalangandan keyin anjomlarni yuving va oshxona sochig'i bilan quriting. Qotgan kirlarni ketkazish uchun ishlatilgan anjomlarni yuvishdan oldin iliq sovunli suvda 30 daqiqacha iviting.

Katalitik emalli yuza (ayrim modellardagina)

Olinadigan qismlar to‘q kulrang katalitik emal bilan qoplangan. Konveksion isitish paytida ular havo aylanishi tufayli yog‘ va moylardan kirlanishi mumkin. Ammo bu kirliklar 200 °C yoki undan yuqori haroratda kuyib ketadi.

1.Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.

2.Pech ichini tozalang.

3.Maksimal harorat bilan Konveksiya rejimini tanlang, keyin siklni bir soat ishlating.

38  O'zbek

Eshik

Tozalashdan boshqa maqsadda pech eshigini ajratib olmang. Tozalash maqsadida eshikni ajratish uchun quyidagi yo‘riqlarga amal qiling.

OGOHLANTIRISH

Pech eshigi og'ir.

1.Eshikni oching va har ikkala ilmoqlardagi

qisqichlarni oching.

2.Eshikni taxminan 70° yoping. Pech eshigini ikki yonidan ushlab, tepaga ko‘taring, shunda ilmoqdan chiqadi.

3.Eshikni sovunli suv va toza latta bilan

tozalang.

4.Tugatgach, eshikni joyiga o‘rnatish uchun 1-2-bosqichlarni teskari tartibda takrorlang. Halqalar har ikkala tomondan

ilinganiga amin bo‘ling.

NV75K5571RS_WT_DG68-00739A-01_RU+UK+KK+UZ.indb 38

2017-02-03 ￿￿ 10:56:25

Page 182
Image 182
Samsung NV75K5571RS/WT manual Xizmat ko‘rsatish