2-qadam  Cho'ntaklarni bo'shating

Yuviladigan kiyimlaringizning barcha cho'ntaklarini bo'shating

Kiyimlardagi tanga, to'g'nag'ich va to'qa kabi buyumlar boshqa kiyimlarni hamda barabanni shikastlashi mumkin.

Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag'darib soling

Agar yuvish vaqtida shim yoki kurtkalarning zamoklari ochiq bo'lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar yopilishi va ip bilan bog'lab qo'yilishi kerak.

Uzun bog'ichlari bo'lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.

3-qadam  Kir yuvish to‘rini ishlating

Siynabandlar (mashinada yuvish mumkin bo'lganlari) kir yuvish to'riga joylashtirilishi kerak. Siynabandlarning metall qismlari boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.

Paypoq, qo'lqop, chulki paypoqlari va ro'molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to'r qopchalariga joylashtiring.

Kir yuvish to'r qopchasini boshqa kirlarga qo'shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.

4-qadam  Dastlabki yuvish (zarur bo‘lsa)

Kiyimlar juda kirlangan bo'lsa, tanlangan sikl uchun Dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasi qo‘lda barabanga solinganida, Dastlabki yuvish opsiyasini ishlatmang.

5-qadam  Yuklanish hajmini aniqlang

Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining to'g'ri yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig'imini bilish uchun 39-sahifaga qarang.

IZOH

Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2,0 kg yoki undan kam.

DIQQAT

Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.

Kirlar barabanga solingani va eshikka qisilib qolmaganiga amin bo‘ling.

Eshikni qattiq yopmang. Eshikni ohista yoping. Aks holda to‘g‘ri yopilmasligi mumkin.

Ishga tushirishdan avval

O'zbek  27 

Untitled-3 27

2018-01-08 ￿￿ 11:53:25

Page 179
Image 179
Samsung WW10M86KNOA/LP Qadam Chontaklarni boshating, Qadam Kir yuvish to‘rini ishlating, Qadam Yuklanish hajmini aniqlang