Ishlatish amallari

Ishlatish amallari

Samsung Connect

Wi-Fi ulanishi

Smartfonda Settings (Sozlamalar) bandiga kirib, simsiz ulanish yoqing va kirish nuqtasini tanlang.

IZOH

Bu qurilma faqat uy sharoitiga mo‘ljallangan (B sinf) va barcha turarjoylarda ishlatish mumkin.

Bu qurilma simsiz xalaqitlarni hosil qilishi mumkin, ishlab chiqaruvchi yoki o‘rnatuvchi hech qanday ehtiyot chorasini qo‘llay olmaydi.

Tavsiya qilingan shifrlash usullariga WPA/TKIP va WPA2/AES kiradi. Yangi ishlab chiqilgan yoki tasdiqlanmagan Wi-Fi protokollari ishlamaydi.

Simsiz tarmoqning qabul qilish sezuvchanligiga atrofdagi simsiz muhit ta’sir qilishi mumkin.

Agar internet provayderingiz doimiy ishlatish uchun kompyuter yoki modemingizning MAC manzilini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, Samsung kir yuvish mashinasi internetga ulana olmaydi. Bu holda internet provayderiga murojaat qiling.

Internet fayrvoli ham ulanishga xalaqit berishi mumkin. Bu hol yuz bersa, internet provayderiga murojaat qiling.

Agar internet provayderining ko‘rsatmalaridan keyin ham internetga ulanib bo‘lmasa, Samsung dileri yoki xizmat markaziga murojaat qiling.

Simli va simsiz routerlarni o‘rnatish uchun routerning qo‘llanmasiga qarang.

Samsung kir yuvish mashinasi Wi-Fi 2,4 GHz protokolida ishlaydi.

Samsung kir yuvish mashinasi IEEE802.11 b/g/n (2,4 GHz), Soft-AP protokollarida ishlaydi. (IEEE802.11n tavsiya etiladi)

Tasdiqlanmagan simli/simsiz router Samsung kir yuvish mashinasiga ulanmasligi mumkin.

Yuklab olish

Ilovalar do‘konida (Google Play Store, Apple App Store, Samsung Galaxy Apps) “Samsung Connect” jumlasini qidirib, Samsung Connect ilovasini toping. Ilovani yuklab oling va qurilmangizga o‘rnating.

IZOH

Samsung Connect ilovasi Android OS 6.0 (Marshmallow) yoki yangiroq tizimli boshqa qurilmalar, Android OS 5.0 (Lollipop) yoki yangiroq tizimli Samsung qurilmalari, iOS 10.0 yoki yangiroq tizimli iOS qurilmalarda (iPhone kamida iPhone 6 bo‘lishi kerak) ishlaydi. Ilova Samsung smartfonlarida ishlash uchun optimallashgan (Galaxy S va Note seriyasi).

Ilovaning ayrim funksiyalari boshqa qurilmalarda boshqacha ishlashi mumkin.

Yaxshilash maqsadida ilova bildirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.

Kirish

Avval Samsung hisobi bilan Samsung Connect ilovasiga kirish kerak. Samsung hisobini yaratish uchun ilovadagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Hisob yaratish uchun boshqa ilova kerak emas.

IZOH

Agar Samsung hisobingiz bor bo‘lsa, unga kiring. Qayd qilingan Samsung smartfoni avtomatik ravishda hisobga kiradi.

Qurilmani Samsung Connect ilovasiga qayd qilish

1.Smartfon simsiz tarmoqqa ulanganiga ishonch hosil qiling. Ulanmagan bo‘lsa, Settings (Sozlamalar) bandiga kirib, simsiz ulanish yoqing va kirish nuqtasini tanlang.

46  O'zbek

Untitled-3 46

2018-01-08 ￿￿ 11:53:30

Page 198
Image 198
Samsung WW10M86KNOA/LP manual Wi-Fi ulanishi, Yuklab olish, Kirish, Qurilmani Samsung Connect ilovasiga qayd qilish