Smart Check

Bu funksiyani yoqish uchun avval Samsung Smart Washer ilovasini Play Store yoki Apple Store’dan yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o'rnatishingiz kerak.

Smart Check funksiyasi Galaxy va iPhone seriyasidagi (tegishli modellardagina) telefonlar uchun optimallashtirilgan.

1.Kir yuvish mashinasi tekshirilishi kerak bo‘lgan muammoni aniqlasa, displeyda axborot kodi paydo bo‘ladi. Smart Check rejimiga kirish uchun Полоскание (Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing.

2.Kir yuvish mashinasi o'zini diagnostika qiladi va agar muammo topilsa, axborot kodini ko'rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check ga teging.

4.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yuzlashtiring, shunda smartfon kamerasi bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz tursin. Keyin axborot kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Axborot kodi to‘g‘ri aniqlanganida, ilova muammo haqida batafsil ma’lumot bilan tegishli yechimni ko‘rsatadi.

IZOH

Smart Check funksiyasining nomi tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug‘lik akslansa, ilova axborot kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check kodini ketma-ket aniqlay olmasa, axborot kodini ilova ekraniga qo‘lda kiriting.

Qarov

O'zbek  51 

Untitled-351

 

 

2018-01-08 ￿￿ 11:53:30