Ishlatish amallari

Ishlatish amallari

Maxsus xususiyatlar

AddWash

AddWash indikatori yoniqligida mashinani to‘xtatib, barabanga qo‘shimcha kir yoki yumshatgich solish mumkin. Oson bo‘lishi uchun Add Door 130° dan kattaroq ochiladi.

1. Ishni to'xtatish uchun Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosing.

2. Add Door ochilishi uchun uning tepa qismini shiqillash tovushi chiqqunicha bosing. Add Door tutqichini tortib oching.

3. Add Door ochilgach, barabanga qo‘shimcha kir yoki yumshatgich qo‘shing.

4. Add Door shiqillab yopilgunicha itaring.

5. Ishni davom ettirish uchun Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosib turing.

DIQQAT

Add Door'ni qattiq bosmang. Sinishi mumkin.

IZOH

Add Door to‘g‘ri yopilgan bo‘lsa, baraban ichidagi suv sizib chiqmaydi. Eshik atrofida suv tomchilari hosil bo‘lishi mumkin, lekin baraban ichidagi sizib chiqmaydi.

DIQQAT

Barabanning Add Door’dan balandda joylashgan qismi ichki tomondan terlagan bo‘lsa, Add Door’ni ochmang.

Mashina ishlab turganida Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosmasdan turib Add Door’ni ochmang. Yuvish tugaganidan so‘ng (Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasi bosilmasa ham) Add Door o‘z-o‘zidan ochilishi mumkin.

Add Door orqali ortiqcha kir qo‘shib yubormang. Samaradorligi pasayishi mumkin.

Add Door’ning pastki qismini tutqich sifatida ishlatmang. Barmoqlaringiz ilinib qolishi mumkin.

Add Door’da kir qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish mashinasiga, ayniqsa Add Door’ga uy hayvonlari yaqinlashmasin.

Yuvish uchun qaynoq suv ishlatsangiz, Add Door’ni ochib-yopgandan so‘ng undan suv sizib chiqqanga o‘xshaydi. Bu normal holat, chunki Add Door’dan chiqqan bug‘ sirtda suv tomchilari hosil qiladi.

42  O'zbek

Untitled-3 42

2018-01-08 ￿￿ 11:53:29

Page 194
Image 194
Samsung WW10M86KNOA/LP manual Maxsus xususiyatlar, Add Doorni qattiq bosmang. Sinishi mumkin