DIQQAT

Tortmada vosita va yumshatgich bo‘lmasi yo‘q bo‘lsa, vositani solmang. Agar shunday qilsangiz, tortmani tozalab, ikkala bo‘lmani qaytadan soling. Tozalash yuzasidan batafsil ma’lumot: 57.

Avtomatik taqsimlagich bilan faqat suyuq kir yuvish vositasi va mato yumshatgichdan foydalaning.

Ikkala bo‘lma to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling. Aks holda kir yuvish mashinasi ishga tushmasligi yoki yuvish moddalarini taqsimlamasligi mumkin.

Boshqa kir yuvish vositasiga o‘tayotganda avval kir yuvish vositasi bo‘lmasini tozalang.

Kir yuvish vositasini mato yumshatgich bilan bitta bo'lmada aralashtirmang.

Kir yuvish vositasi qotib qolmasligi uchun vosita bo‘lmaga solingandan keyin qopqog‘ini ochmang.

Korroziyani vujudga keltiruvchi va/yoki gaz hosil qiluvchi oqartirgichlardan foydalanmang.

Bo‘lmani oyog‘ini osmondan qilmang. Ichidagi to‘kilishi mumkin.

Bo‘lmalarni siljitayotganda orqasidagi chiqish tuynugini bosmang. Ichidagilar oqib ketishi mumkin.

Kir yuvish vositasi yoki mato yumshatgichni tegishli bo‘lmaga solishda ehtiyot bo'ling. Ichidagi to‘kilishi mumkin.

Vosita tortmasining ichida qolganini tekshirish uchun chiqarayotganda (xato xabarida yoki xabar chiqishidan oldin), tortmada qoldiq bo‘lishi yoki tagidan sizib chiqayotgan bo‘lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini ko‘chirishdan oldin avtomatik va qo‘lda dispenserlar bo‘shligiga amin bo‘ling.

Kir yuvish vositasi yoki yumshatgichni solish miqdori qolgan moddaning turi yoki miqdoriga bog‘liq.

Agar avtomatik dispenserdagi indikatori yonsa, darhol tegishli bo‘lmani to‘ldiring. Kechroq solinsa, modda kamroq qo‘shilishi mumkin.

O'zbek  31 

Ishga tushirishdan avval

Untitled-3 31

2018-01-08 ￿￿ 11:53:26

Page 183
Image 183
Samsung WW10M86KNOA/LP manual Ozbek 31