Ishlatish amallari

Sozlamalar

amallari Ishlatish

Bolalardan qulflash

Bolalar yoki chaqaloqlar tasodifan mashinani ishga tushirishi yoki sozlashining oldini olish uchun Bolalardan qulflash Quvvat tugmasidan boshqalarni qulflaydi.

Bolalardan qulflashni ishga tushirish

Avtomatik dispenserli modellarda Стирка (Yuvishdagi miqdor) va Полоскание (Chayishdagi miqdor) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing. Keyin faollashtirish uchun Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosib turing. Eshik qulflanadi va Bolalardan qulflash indikatori yonadi.

Qo‘lda dispenserli modellarda - va + (Keyinroq tugatish opsiyasidagi) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing. Keyin faollashtirish uchun Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosib turing. Eshik qulflanadi va Bolalardan qulflash indikatori yonadi.

Bolalardan qulflash funksiyasini vaqtinchalik to‘xtatish uchun

Bolalardan qulflash rejimini vaqtinchalik 1 daqiqaga o‘chirish mumkin. Eshik 1 daqiqaga qulfdan chiqadi va Bolalardan qulflash indikatori o‘chib-yonadi.

Avtomatik dispenserli modellarda Стирка (Yuvishdagi miqdor) va Полоскание (Chayishdagi miqdor) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing.

Qo‘lda dispenserli modellarda - va + (Keyinroq tugatish opsiyasidagi) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing.

IZOH

Bolalardan qulflash rejimini o‘chirgandan keyin 1 daqiqa yoki ko‘proq o‘tganidan keyin eshikni ochsangiz, 2 daqiqagacha signal beriladi.

2 daqiqa ichida eshikni yopsangiz, eshik qulflanadi va Bolalardan qulflash qayta ishga tushiriladi. Agar eshikni yopmasangiz yoki eshik tegishlicha yopilmasa, signal 2 daqiqa yangrab turadi.

Bolalardan qulflash rejimini yoqqandan keyin kir solish uchun avval Bolalardan qulflash rejimini o‘chiring yoki mashinani o‘chirib-yoqing.

Bolalardan qulflashni bekor qilish

Avtomatik dispenserli modellarda Стирка (Yuvishdagi miqdor) va Полоскание (Chayishdagi miqdor) tugmalarini birga 3 soniya bosish orqali to‘xtating, keyin tugmalarni yana 3 soniya birga bosish orqali Bolalardan qulflashni bekor qiling. Eshik qulfi ochiladi va Bolalardan qulflash indikatori o‘chadi.

Qo‘lda dispenserli modellarda - va + tugmalarini (Keyinroq tugatish opsiyasidagi) 3 soniya birga bosish orqali to‘xtating, keyin tugmalarni yana 3 soniya birga bosish orqali Bolalardan qulflashni bekor qiling. Eshik qulfi ochiladi va Bolalardan qulflash indikatori o‘chadi.

Tovush yoq/o‘ch

Kir yuvish mashinasining o‘zida tovushni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Bu funksiya o‘chirilganida AddWash signali, sikl tugagani haqidagi kuy va o‘chirishda signal berilmaydi. Ammo boshqa tovushlar chiqariladi.

Tovushni o‘chirish uchun Опции (Opsiyalar) tugmasini 3 soniya bosib turing.

Tovushni chiqarish uchun yana 3 soniya bosib turing.

Mashinani o‘chirib-yoqsangiz ham bu sozlama saqlanib qoladi.

44  O'zbek

Untitled-3 44

 

 

2018-01-08 ￿￿ 11:53:30