Ishga tushirishdan avval

Ishga tushirishdan avval

Dastlabki sozlashlar

"Kalibrlash" funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)

Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlash ni ishga tushirishdan avval barabanning bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

1.Kir yuvish mashinasini o'chirib, keyin qayta yoqing.

2.Kalibrlash rejimiga kirish uchun Температура (Haror.) va Отсрочка (Keyinroq tugatish) (yoki Температура (Haror.) va

Отсрочка+ (Keyinroq tugatish+)) tugmalarini birga 3 soniya bosib turing. “Cb” xabari paydo bo'ladi. -- Modeliga qarab tugmalar farqlanishi mumkin. Modelingizni tekshiring.

3.Kalibrlash siklini boshlash uchun Boshlash/Pauza (Удерж. Для Старта (Boshlash uchun bosib turing)) tugmasini bosib turing. Baraban 3 daqiqacha soat mili yo'nalishida va soat miliga qarama-qarshi yo'nalishda aylanadi.

4.Sikl tugallangach, displeyda “0” ko'rinadi va kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o'chadi. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

Kir yuvish bo'yicha ko'rsatmalar

1-qadam  Saralash

Kirlarni quyidagi mezonlar bo'yicha turlarga ajrating:

Yuvish bo'yicha ko'rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.

Rang: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.

O‘ lcham: Turli o'lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.

Ta'sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

IZOH

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

26  O'zbek

Untitled-3 26

2018-01-08 ￿￿ 11:53:25

Page 178
Image 178
Samsung WW10M86KNOA/LP Ishga tushirishdan avval, Dastlabki sozlashlar, Kir yuvish boyicha korsatmalar, Qadam Saralash