Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda, o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga sozlangan bo'lishi kerak.

Ushbu mashinani gaz ta'minoti trubasi, plastik suv tarmog'i trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.

Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan elektr tarmog'iga ulamang va yerga ulashning mahalliy va milliy tartiblariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o'rnatmang.

Ushbu mashinani nam, yog'li yoki chang to'plangan joylar yoki to'g'ridan-to'g'ri quyosh yoki suv (masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o'rnatmang.

Muzlash quvurlarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu qurilmani gaz sizib chiqishi mumkin bo'lgan joylarda o'rnatmang.

Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr transformatoridan foydalanmang.

Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Shikastlangan elektr manbaiga ulash vilkasi, shikastlanagan elektr manbaiga ulash shnuri yoki kontaktlari bo'shab qolgan rozetkadan foydalanmang.

Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.

Elektr manbaiga ulash shnurini o'ramang yoki bog'lamang.

Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang, elektr manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan maydonga kiritmang.

Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Viklani elektr tarmog'idan sug'urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.

Vilkadan ushlagan holda, vilkani elektr tarmog'idan sug'urib oling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog'iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish quvuridan foydalanish mumkin bo'lgan tarzda o'rnatilishi kerak.

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

O'zbek  7 

Untitled-3 7

2018-01-08 ￿￿ 11:53:20

Page 159
Image 159
Samsung WW10M86KNOA/LP manual Ozbek 7