Samsung NK36M3050PS/UR Foydalanish, Oʻrnatish, Elektr ulanish, Texnik xizmat koʻrsatish Tozalash

Page 50

Foydalanish

Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.

Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun loyihalashtirilgan.

Quvurli versiyasi

Bug‘larni tashqariga chiqarib yuborish uchun havo so‘rgichning tepasida B havo chiqarish tuynugi bor (chiqarib yuborish quvuri va ularni mahkamlaydigan qisqichlar bilan ta’minlanmagan).

Diqqat! Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa, uni olib tashlang.

Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin darajasining keskin ortishiga olib keladi.

Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi

Pishirishdan chiqqan bug‘larni tashqariga chiqarib tashlashning iloji bo‘lmaganda, mo‘riga F deflektori va bir yoki bir nechta ko‘mirli filtrni o‘rnatish orqali havo so‘rgichni filtrli versiyada ishlatish mumkin (mavjud modelga bog‘liq ravishda). Bug‘lar oshxonaga tepadagi H panjarasi orqali chiqariladi.

Diqqat! Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlmasa, uni buyurtma qilib, ornatish kerak.

Oʻrnatish

Rasm 3

Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm boʻlishi lozim.

Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.

Elektr ulanish

Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli viklyuchateldan foydalaning.

OGOHLANTIRISH!

Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.

Oʻrnatish

Oʻrnatishdan oldin:

Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini tekshiring.

Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang). Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan oʻrnatish mumkin.

Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar (vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.

Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan ta’minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.

Eslatma: Qismlarga “(*)” belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, bular ayrim modellarda mavjud bo‘lgan, ayrimlarida esa mavjud bo‘lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo‘lgan anjomlardir.

Texnik xizmat koʻrsatish

Tozalash

Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning. HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!

Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.

50

Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.

Fig. 1

Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.

Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim. Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.

Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali tutqichni oʻzingizga torting.

Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)

Fig. 2

Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.

Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.

Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing. Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.

Moy filtrlarini chiqarib oling.

Ko‘mir filtrlarini motor ustiga joylashtiring.

Soyabondagi R tishlarni S uyalariga to‘g‘rilang, keyin filtrni soat yo‘nalishida burab, joyiga mahkamlang.

Ko‘mir filtrlarini chiqarib olish uchun yuqoridagi amalni teskarisiga bajaring. Moy filtrlarini qayta joylashtiring.

Koʻmir filtrlarini harid qilish

Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.

Lampalarni almashtirish

Fig. 1

Jihozni elektr tarmog‘idan uzing.

Ogohlantirish! Chiroq lampalariga teginishdan oldin ular soviganiga amin bo‘ling.

Eski lampaning o‘rniga xuddi shu turdagi yangisini qo‘ying, uning turi yorlig‘ida yoki havo so‘rgichdagi lampa yaqinida ko‘rsatib qo‘yilgan.

A qopqoqni olib tashlab, lampa korpusini A oching.

Yangi 28W maks (E14) galogen lampa bilan almashtiring, u ochiq yoritgichlarda ishlatishga mos kelishi kerak. O‘ramidagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling va yangi lampaga qo‘l tekkizmang.

Agar lampalar ishlamasa, texnik xizmatga murojaat qilishdan oldin lampalar uyasiga yaxshi ornashganini tekshirib koring.

Ishlatish

Havo so‘rgichda so‘rish tezligini tanlash tugmasi o‘rnatilgan boshqaruv paneli mavjud. Oshxona chiroqlarini boshqarish uchun chiroq o‘chirgichi ham mavjud.

B1. Lampani yoqish/oʻchirish

Light tugmasini bosing, lampalar yoqiladi.

Light tugmasini yana bosganda lampalar oʻchadi.

B2. Motorni yoqish/oʻchirish

QUVVAT tugmasini bosing, havo soʻrgich odatiy tezlikda ishga tushadi Yana bir marta bossangiz, havo so‘rgich o‘chadi.

B3. Ortacha tezlik

“C” tugmasini bosing, havo soʻrgich oʻrtacha tezlikda ishga tushadi

B4. Yuqori tezlik

“D” tugmasini bosing, havo soʻrgich yuqori tezlikda ishga tushadi.

Image 50
Contents Page Istruzioni di montaggio e duso Page Page Page Page Avvertenza IT Istruzioni di montaggio e dusoAvvertenze AttenzioneCollegamento Elettrico InstallazioneVersione filtrante MontaggioWarnhinweis DE Montage- und GebrauchsanweisungWarnung AchtungHinweis Advertencia ES Montaje y modo de empleoAdvertencias AtenciónInstalación Versión aspiranteVersión filtrante Conexión eléctricaRemarque FR Instructions pour linstallation et mode demploiMise EN Garde Utilisation InstallationRemplacement des lampes Version évacuation extérieureDucting version EN Instruction on mounting and useUse Filter versionMounting Maintenance CleaningElectrical connection Grease filterLET OP NL Installatiehandleiding en gebruiksaanwijzingWaarschuwing Versie met afvoerbuis extractie InstallatieToepassingen Filtratie-vormAdvertência PT Instruções para instalação e utilizaçãoAdvertências AtençãoVersão filtrante UsoVersão aspirante InstalaçãoПредупреждение RU Инструкция по монтажу и эксплуатацииВнимание ВниманиеИсполнение с рециркуляцией воздуха ИспользованиеИсполнение с отводом воздуха УстановкаЗастереження UK Інструкція з монтажу та експлуатаціїПопередження по безпеці УвагаІнсталяція ВикористанняРежим рециркуляції Під’єднання до електромережіAvertisment RO Instrucțiuni de montaj și utilizareAvertismente AtenţieInstalarea Varianta aspirantăVersiunea filtrantă Conexarea ElectricăOstrzeżenie PL Instrukcja montażu i obsługiOstrzeżenia UwagaInstalacja okapu ObsługaWersja filtrująca Połączenie elektryczneUpozornění CS Návod na montáž a používáníVýměna žárovek PozorÚdržba Čištění InstalaceElektrické připojení Tukový filtrUpozornenie SK Návod na použitie a montážUpozornenia PoužívanieElektrické napojenie Filtračná verziaMontáž Údržba ČistenieЗабележка BG Инструкции за монтаж и употребаПредупреждения Филтрираща версия УпотребаАспирираща версия МонтиранеB4. Максимална скорост B2. Мотор за аспирация ON/OFFB3. Средна скорост Предупредување MK Упатство за монтажа и ракувањеВажни совети ЗабелешкаПриклучување на електрична енергија Варијанта со всмукувањеМонтажа ВградувањеUpozorenje SR Uputstva za montažu i upotrebuUpozorenja PažnjaMontaža InstalacijaElektrično povezivanje Održavanje ČišćenjeKujdes SQ Udhëzime montimi dhe përdorimiVërejtje ShënimeMirëmbajtja Pastrimi MontimiLidhja Elektrike Filtri antiyndyrëPozor! Ako napa ima ugljeni filtar, treba ga skinuti HR Uputstva za montažu i za uporabuVerzija za isisivanje Filtar za masnoću PostavljanjePovezivanje s električnom strujom Karbonski filtar samo za filtracijsku verzijuOpozorilo SL Navodila za montažo in uporaboOpozorila OpombaVzdrževanje Čiščenje InštalacijaElektrična povezava Maščobni filterЕскерту KK Монтаждау мен пайдалану нұсқауыНұсқаулар АбайлаңызҚондыру ПайдалануСүзетін үлгі Электр қосуларыB4. Жоғарғы жылдамдық B2. Моторды ҚОСУ/ӨШІРУB3. Орташа жылдамдық Ogohlantirish UZ O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaDiqqat DiqqatElektr ulanish FoydalanishOʻrnatish Texnik xizmat koʻrsatish TozalashUyari TR Montaj ve kullanım talimatlarıDikkat DİkkatUyarİ Page 70 70 19 01 48 63 00 0180 6 Samsung bzwSamsung 030-6227