ma’lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

OGOHLANTIRISH

Tashish va joylashuvdagi jiddiy ogohlantirish belgilari

• Jihozni tashish yoki o‘rnatish paytida sovitish tizimining hech bir joyiga shikast yetmasligi uchun ehtiyot bo‘lish lozim.

--Naychalardan oqib chiqayotgan sovitish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega narsalardan darhol uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.

--Ushbu jihoz tarkibida kam miqdordagi izobutan (R-600a) sovitish moddasi bor, u atrof-muhitga mutlaqo zarar yetkazmaydigan tabiiy gazdir, biroq u ham yonuvchan. Muzlatgich kamerasini bir joydan ikkinchi joyga tashish va so'ng o'rnatishda jihoz sovitish zanjirining hech bir joyi shikastlanmaganligini tekshirish borasida ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

OGOHLANTIRISH

O‘rnatishdagi jiddiy ogohlantirish belgilari

• Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi tok urishiga yoki yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

Muzlatgichni bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa issiqlik chiqazadigan jihozlar oldiga joylashtirmang.

Bitta uchtalikka bir nechta jihozni ulamang.

Muzlatgich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan holda turishi va undagi quvvat kuchlanishi pasportda yozilganiga mos kelishi kerak.

--Bu yuqori samaradorlikni ta’minlaydi hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini oladi. Yuklanish o‘z o‘rnida simlarning qizib ketishiga va yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.

--Elektr quvvatidan zarba olish yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.

• Uzunligi bo‘ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylari

6  O‘zbek

DA68-03174S-09.indb 6

2017. 9. 12. �� 10:40