ma’lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Ushbu muzlatgichni nam, yog'li yoki chang bosgan joylar, to'g'ridan- to'g'ri quyosh va suv (masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.

Gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylar oldiga ushbu jihozni o'rnatmang.

--Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Agar muzlatgichda chang yoki suv hosil bo‘lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat manbaidan uzing va Samsung Electronics xizmat ko‘rsatuvchi markaziga murojaat qiling.

--Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.

Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang.

--Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin.

Bu jihoz tegishli tarzda yerga ulangan bo‘lishi kerak.

Jihozni gaz quvuri, plastik suv quvuri yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.

-- Muzlatgichdagi elektr kuchlanishining ochiqligi natijasida elektr quvvatning har qanday ochiq holatini yuzaga kelishi yoki elektr quvvatidan zarba olishning oldini olish uchun uni yerga ulab qo'yishingiz zarur.

--Bu tok urishi, yong'in, portlash yoki mahsulot bilan bog'liq muammolarga sabab bo'lishi mumkin.

--Hech qachon elektr vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga suqmang va uning mahalliy va milliy qoidalariga muvofiq ekaniga ishonch hosil qiling.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo‘lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Muzlatgich saqlagichini faqat malakali texnik yoki texnik xizmat ko'rsatuvchi tashkilot almashtirishi kerak.

--Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.

8  O‘zbek

DA68-03174S-09.indb 8

2017. 9. 12. �� 10:40