ma’lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

shunga kabilarni) muzlatgichda saqlamang.

--Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. --Bu yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Muzlatgichda farmatsevtika mahsulotlari, ilmiy tadqiqot materiallari yoki haroratga sezgir mahsulotlarni saqlamang.

--Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni muzlatgichda saqlamang.

Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo'lmasa, muzlatkich/muzxona ichiga elektr jihozlarini joylashtirmang yoki ulardan foydalanmang.

Agar dori yoki tutun hidini sezib qolsangiz, zudlik bilan elektr quvvati vilkasini sug'uirib oling va Samsung Electronics xizmati markaziga murojaat qiling.

Agar muzlatgich ichiga chang yoki suv kirsa, elektr manbasiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan sug'uring va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.

--Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.

Gaz chiqishi aniqlangan hollarda har qanday ochiq olov yoki uchqun chiqazuvchi manbalardan uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan o'zga mexanik qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.

Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.

Jihoz yuzasiga hasharotlarga qarshi vosita kabi uchuvchan moddalarni sepmang.

--Bu odam uchun zararli bo‘libgina qolmasdan, tok urishi, yong‘in chiqishi yoki mahsulot bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi ham mumkin.

Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun muzlatgich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.

--Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Suv baki, muz patnisi va suv kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) bilan to'ldiring.

--Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to'ldirmang, bu muzlatkichni shikastlashi mumkin.

10  O‘zbek

DA68-03174S-09.indb 10

2017. 9. 12. �� 10:40