Samsung NK24M5070CS/UR Foydalanish, Oʻrnatish, Elektr ulanish, Texnik xizmat koʻrsatish Tozalash

Page 74

Foydalanish

Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.

Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun loyihalashtirilgan.

Soʻruvchi rejim

Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali tashqariga tortib ketiladi.

DIQQAT!

Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim. Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.

DIQQAT!

Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.

Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang (ulovchi gardish).

Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin darajasining keskin ortishiga olib keladi.

Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi

!Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim

!Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi: 90°)

!Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim

Filtrlovchi rejim

Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan tozalanadi.

Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi

Oʻrnatish

Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm boʻlishi lozim.

Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.

Elektr ulanish

Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli viklyuchateldan foydalaning.

OGOHLANTIRISH!

Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.

Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.

Oʻrnatish

Oʻrnatishdan oldin:

Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini tekshiring.

Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang). Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan oʻrnatish mumkin.

Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar (vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.

Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan ta’minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.

Eslatma: Qismlarga “(*)” belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, bular ayrim modellarda mavjud bo‘lgan, ayrimlarida esa mavjud bo‘lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo‘lgan anjomlardir.

74

Texnik xizmat koʻrsatish

Tozalash

Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning. HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!

Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.

Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.

Rasm 14-32

Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.

Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim. Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.

Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali tutqichni oʻzingizga torting.

Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)

Rasm 31

Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.

Ko‘mir filtrini har ikki oyda bir marta yuvib turish mumkin (yoki filtrning to‘yinganligini ko‘rsatuvchi tizim shunga zaruriyat borligini ko‘rsatsa - agar tizim modelda mavjud bo‘lsa), buning uchun qaynoq suv va mos keladigan yuvish vositasi ishlatiladi yoki idish yuvish mashinasida 65°C haroratda yuvish mumkin (agar idish yuvish mashinasidan foydalanilsa, to‘liq sikl funksiyasini tanlang va idishlarni olib tashlang).

Filtrga shikast yetkazmasdan, ortiqcha suvni chiqarib tashlang, keyin plastik ramka ichidagi matrasni chiqarib olib, to‘liq quritish uchun 10 daqiqaga 100° C haroratdagi pech ichiga solib qo‘ying.

Matrasni har 3 yilda va matosi shikastlanganida almashtirib turing.

Mo‘rini havo tortgichga mahkamlaydigan murvatlarni (g) 90° buragan holda filtrni tutib turuvchi ramkani chiqarib oling.

Aktivlashtirilgan ko‘mir qistirmasini (i) ramka ichiga (h) solib, orqa tomonini to‘laligicha o‘z joyiga joylashtiring (j).

An’anaviy ko‘mir filtrini ishlatish mumkin, uni yuvish yoki tiklash mumkin emas. Har 3-4 oyda almashtirib turish lozim.

Agar ko‘mir filtrining tutqichi ramkasi qo‘shib payvandlangan; shu sababli havo so‘rgich bilan birga kelgan yakuniy ramka ishlatilmaydi.

Uni joyiga joylashtirib, 2 ta plastik murvatni burash orqali mahkamlang.

Koʻmir filtrlarini harid qilish

Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.

Lampalarni almashtirish

Havo so’rgich LED texnologiyada ishlovchi yoritish tizimi bilan jihozlangan.

LED lampalari optimal yorugʻlikni ta'minlab, odatiy lampalarga qaraganda 10 barobar uzoq xizmat koʻrsatadi va 90% elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Almashtirish uchun texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.

Ishlatish

T1. Sorish motorining ON/OFF tugmasi:

Havo so‘rgich yoniqligida, har qanday tezlikda ham T1 tugmasi bosilganida o‘chadi.

Havo so‘rgich o‘chiqligida, 1-tezlikda T1 tugmasi bosilganida yonadi.

T2. Tezlikni kamaytirish

Tezlikni 4 (kuchli) darajadan 1 darajasiga tushirish uchun “T2” tugmasini bosing.

T3. Tezlikni oshirish

Motorni 1 darajadan Kuchli darajaga (vaqtli) oshirish uchun (havo so‘rgich YONIQ) shu tugmani bosing.

1-tezlik LED L1

2-tezlik LED L2

3-tezlik LED L3

Kuchli (vaqtli) LED L4 o‘chib-yonadi

Eslatma: 4-tezlik (vaqtli Kuchli) 5 daqiqa davomida faol bo‘ladi, undan keyin avtomatik ravishda 2-tezlikka tushadi

Image 74
Contents Page Istruzioni di montaggio e duso Page Page Page Page Page Page Page Page Page Page Avvertenza IT Istruzioni di montaggio e dusoAvvertenze AttenzioneVersione filtrante InstallazioneVersione aspirante Collegamento ElettricoDisattivazione segnalazione filtro carboni Segnalazione filtro carboniAttivazione segnalazione filtro carboni Warnhinweis DE Montage- und GebrauchsanweisungWarnung AchtungHinweis Anzeige Aktivkohlefilter T3. Erhöhung der GeschwindigkeitT4. Zeitsteuerung der Geschwindigkeit Aktivierung der Anzeige AktivkohlefilterAdvertencia ES Montaje y modo de empleoAdvertencias AtenciónInstalación Versión aspiranteVersión filtrante Conexión eléctricaDesactivación señalización filtro carbones Señalación filtro carbonesActivación de la señalización de filtro de carbones Remarque FR Instructions pour linstallation et mode demploiMise EN Garde Utilisation InstallationRemplacement des lampes Version aspiranteActivation du voyant du filtre à charbon Signal filtre à charbonT4. Minuterie vitesse Désactivation du voyant du filtre à charbonExtraction version EN Instruction on mounting and useUse Electrical connection Maintenance CleaningFiltration version MountingActivating charcoal filter signal Deactivating charcoal filter signalWaarschuwing NL Installatiehandleiding en gebruiksaanwijzingLet op LET OP Deactivering signalering koolstoffilter Signalering koolstoffilterActivering signalering koolstoffilter T4. Timing snelhedenAdvertência PT Instruções para instalação e utilizaçãoAdvertências AtençãoInstalação Versão aspiranteVersão filtrante Conexão elétricaDesativação do aviso de filtro de carvão Aviso de filtro de carvãoAtivação do aviso de filtro de carvão Предупреждение RU Инструкция по монтажу и эксплуатацииВнимание ВниманиеФильтрующая версия ИспользованиеВытяжная версия УстановкаT4. Ограничение скорости по времени T2. Снижение скоростиT3. Увеличение скорости Индикация угольных фильтровЗастереження UK Інструкція з монтажу та експлуатаціїПопередження по безпеці УвагаВаріант з фільтрацією ВикористанняВаріант відведення ІнсталяціяАктивація сигналізації вугільного фільтру T4. Часове програмування швидкостіСигналізація вугільного фільтру Вимкнення сигналізації вугільного фільтруAvertisment RO Instrucțiuni de montaj și utilizareAvertismente AtenţieInstalarea Versiunea aspirareVersiunea cu filtrare Conexarea ElectricăDezactivarea semnalizării filtrului cu cărbune Semnalizarea filtrului cu cărbuneActivarea semnalizării filtrului cu cărbune Ostrzeżenie PL Instrukcja montażu i obsługiOstrzeżenia UwagaWersja filtrująca ObsługaWersja wyciągowa Instalacja okapuAktywacja sygnalizacja filtra węglowego T4. Ustawienie prędkości na czasSygnalizacja filtra węglowego Dezaktywacja sygnalizacja filtra węglowegoUpozornění CS Návod na montáž a používáníVýměna žárovek PozorElektrické připojení Filtrační provedeníInstalace Údržba ČištěníAktivace oznámení uhlíkového filtru Deaktivace oznámení uhlíkového filtruUpozornenie SK Návod na použitie a montážUpozornenia PoužívanieElektrické napojenie Filtračná verziaMontáž Údržba ČistenieDeaktivácia signalizácie uhlíkového filtra Signalizácia uhlíkového filtraAktivácia signalizácie uhlíkového filtra Забележка BG Инструкции за монтаж и употребаПредупреждения Версия с филтриране УпотребаВерсия с аспирация МонтиранеНачин на употреба Т3. Зголемување на брзинатаПредупредување MK Упатство за монтажа и ракувањеВажни совети ЗабелешкаМонтажа Вид со надворешно исфрлање на издувниот воздухВаријанта со филтрирање Приклучување на електрична енергијаСигнализирање за филтерот со јаглен T3. Зголемување на брзинатаT4. Временско утврдување на брзината Активирање на сигнализирањето за филтерот со јагленUpozorenje SR Uputstva za montažu i upotrebuUpozorenja PažnjaElektrično povezivanje Filtrirajuća verzijaInstalacija MontažaDeaktiviranje pokazivača filtera s aktivnim ugljenom Pokazivač filtera s aktivnim ugljenomAktiviranje pokazivača filtera s aktivnim ugljenom Kujdes SQ Udhëzime montimi dhe përdorimiVërejtje ShënimeLidhja Elektrike Lloji filtruesMontimi Mirëmbajtja PastrimiDizaktivizimi i sinjalizimit të filtrit të karbonit Sinjalizimi i filtrave të karbonitAktivizimi i sinjalizimit të filtrit të karbonit HR Uputstva za montažu i za uporabu Filtar za masnoću PostavljanjePovezivanje s električnom strujom Karbonski filtar samo za filtracijsku verzijuDeaktivacija signalizacije karbonskog filtra Signalizacija karbonskog filtraAktivacija signalizacije karbonskog filtra Opozorilo SL Navodila za montažo in uporaboOpozorila OpombaElektrična povezava Različica s filtriranjemInštalacija Vzdrževanje ČiščenjeOmogočenje indikatorja zasičenosti oglenega filtra Onemogočenje indikatorja zasičenosti oglenega filtraЕскерту KK Монтаждау мен пайдалану нұсқауыНұсқаулар АбайлаңызСүзу нұсқасы ПайдалануСору нұсқасы ҚондыруT3. Жылдамдықтың артуы T1. Сорғыштың қозғалтқышты ҚОСУ/СӨНДІРУT2. Жылдамдықтың азаюы T4. Жылдамдықтың таймеріOgohlantirish UZ O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaDiqqat DiqqatElektr ulanish FoydalanishOʻrnatish Texnik xizmat koʻrsatish TozalashKo‘mir filtri signalini o‘chirish Ko‘mir filtri signaliKo‘mir filtri signalini yoqish T4. Tezlik vaqtiTR Montaj ve kullanım talimatları DikkatElektrik bağlantısı Filtreleyici versiyonKurulum MontajKarbon filtre sinyali kapalı konuma getirme Karbon filtre sinyaliKarbon filtre sinyalini aktif konuma getirme Page 70 70 19 01 48 63 00 0180 6 Samsung bzwSamsung 030-6227