Pechdan foydalanish

Pechdan foydalanish

Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-23

Krupenik

400-500 g

100 g grechixa yormasi, 100 g uy pishlog‘i, 60 g

 

 

 

smetana, 70 g shakar, 1 ta tuxum, 2 ta biskvit, 100

 

 

 

ml suv

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Grechixani kosaga solib, suv quying va mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqa davomida 600 vatt quvvatda pishiring. Biskvitlarni qo‘lda maydalab tashlang. Ushoqning yarmini pishirish qolipiga soling. Qaynatilgan grechixa, tuxum, shakar va uy pishlog‘ini chuqur kosada aralashtiring. Xamirni qolipga soling, ustidan qolgan ushoqni seping. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Smetana bilan dasturxonga torting.

1-24

Tovuqdan tayyorlangan

200-250 g

250 g tovuq go‘shti, 1 qoshiq mayonez, 1 ta limon,

 

kabob

 

2 qoshiqcha kunjut, 2 chimdim yanchilgan kinza, 1

 

 

 

dona sarimsoq

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Tovuq go‘shtini bir tomoni 2 sm bo‘lgan mayda bo‘laklarga bo‘ling. Marinadni tayyorlash: mayonez, maydalangan sarimsoq, limon sharbati va etini chuqur kosada aralashtiring.

Go‘shtni marinadga aralashtirib, salqin joyga 1 soatga qo‘yib qo‘ying. Go‘sht bo‘laklariga yog‘och six tiqib, ustiga kunjut urug‘i seping. Kabobli tarelkani baland taglikka joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.

22  O'zbek

Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-25

Go'sht bilan qiymalangan

200-250 g

3 ta bulg‘or qalampiri, 150 g aralash qiyma go‘sht, 60

 

bulg'or qalampiri

 

g chala qaynatilgan guruch, 1 stakan suv, 1½ qoshiq

 

 

 

tomat pastasi, 1 qoshiq un, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Masalliqni tayyorlash: qiyma go‘shtni kosada qaynatilgan guruch bilan aralashtiring, ta’bga ko‘ra qalampir va tuz qo‘shing.

Bulg‘or qalampiri orqasini olib tashlab, urug‘ini va ichidagi pardalarini tozalang. Har bir bulg‘or qalampiriga qiyma solib, yaxshilab zichlang. Keyin chuqur kosaga solib, qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng chiqarib olib, ustiga qayla quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.

Qaylani tayyorlash: Unga tomat pastasi va suv quyib aralashtiring, ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.

1-26

Tomatli sousdagi go'shtli

300-350 g

220 g aralashtirilgan qiyma go‘sht, 2 kesim oq non,

 

bitkilar

 

1 ta tuxum, 100 ml sut, 1 ta o‘rtacha sabzi, ½ piyoz, 1

 

 

 

qoshiq tomat pastasi, 1 stakan bulyon, ta’bga ko‘ra

 

 

 

tuz va qalampir

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Nonni sutga botirib, ozgina siqing. Sabzi-piyozni archib, yupqa qilib to‘g‘rang va chuqur kosaga soling. Qiyma go‘shtni ivitilgan non va tuxum bilan aralashtiring. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Kichkina dumaloq go‘shtli sharchalar yasang. Tomat pastasini bulyon bilan aralashtirib, ozgina tuz qo‘shing. Sharchalarni sabzavot solingan kosaga soling, ustidan qaylani quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng ularni oling. Go‘shtni ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga soling. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.

MG22M8054AK_BW_DE68-04445S-01_UZ.indd 22

2017-11-29 ￿￿ 4:55:52

Page 166
Image 166
Samsung MG22M8054AK/BW manual Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi Krupenik, Ml suv, Kabob, Dona sarimsoq, Bulgor qalampiri