Samsung MG23H3115QK/BW manual Ускоренная разморозка Tez muzdan tushirish, Kod/Taom Porsiya hajmi

Models: MG23H3115QK/BW

1 176
Download 176 pages 2.21 Kb
Page 159
Image 159

AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH

Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish xususiyatlari go'sht, parranda go'shti, baliq, mevalarni muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi.

Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.

Avval muzlatilgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.

1. Ускоренная разморозка (Tez muzdan tushirish)

tugmasini bosing.

2. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang. (Yon tomondagi jadvalga qarang).

3. Taom turini tanlash uchun Doiraviy shkalani bosing.

4. Doiraviy shkalani buragan holda taom vaznini o‘rnating.

5.СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosing.

Natija:

• Muzdan tushirish boshlanadi.

• Muzdan tushirish vaqtida pech mahsulotlarni ag'darish kerakligini eslatish uchun tovushli signal beradi.

Muzadan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosing.

Taomni qo‘l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning uchun quvvat darajasi 180 Vt bo'lgan mikroto'lqin rejimida taom tayyorlash/isitish funksiyasini tanlang. Batafsil ma'lumot uchun 15-sahifadagi "Taom tayyorlash/Isitish" bo'limiga qarang.

Faqat mikroto‘lqinli pechga mo‘ljallangan idish ishlating.

Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining turli dasturlari, mahsulot hajmi va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak. Go'sht, tovuq, baliq, mevalar/reza mevalarni sopol tarelkaga joylashtiring.

Kod/Taom Porsiya hajmi

Ko'rsatmalar

1200-1500 g Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.

Go'sht

Pech tovushli signal berganida go'shtni aylantiring.

 

Ushbu dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa

 

go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht va

 

qiymani muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.

 

10-30 daqiqa kuting.

2200-1500 g Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga

Parranda

bilan yoping. Pech tovushli signal berganida

 

parranda go'shtini aylantiring. Bu dastur butun

 

tovuq va tovuq bo'laklarini tayyorlash uchun

 

mosdir. 10-30 daqiqa kuting.

3200-1500 g Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping.

Baliq

Pech tovushli signal berganida baliqni aylantiring.

 

Bu dastur butun baliq va baliq bo'laklarini

 

tayyorlash uchun mosdir. 10-30 daqiqa kuting.

4100-600 g Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib

Mevalar/

joylashtiring. Bu dastur barcha turdagi mevalar

Reza mevalar

uchun mos keladi.

Mahsulotlarni qo'lda muzdan tushirish uchun qo'lda muzdan tushirish funksiyasini va 180 Vt ga teng quvvat darajasini tanlang. Qo'lda muzdan tushirish va muzdan tushirish vaqti to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 36-sahifaga qarang.

04 PECHDAN FOYDALANISH

O'zbek - 27

MG23H3115QK_BW_DE68-04240Z-02_RU+UK+KK+UZ.indb 27

2017-02-01 ￿￿ 11:43:06

Page 159
Image 159
Samsung MG23H3115QK/BW manual Ускоренная разморозка Tez muzdan tushirish, Kod/Taom Porsiya hajmi