Xizmat ko‘rsatish

Tozalash

OGOHLANTIRISH

Tozalashdan avval pech va anjomlarning soviganiga ishonch hosil qiling

Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.

Pechning ichki qismi

Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning.

Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.

Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi uchun standart pech tozalagichidan foydalaning.

Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.

Pechning tashqi yuzasi

Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va yumshoq tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va quruq latta yoki sochiq bilan arting. Ichidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘ va kirlar ayniqsa tutqich atrofida qolib ketishi mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni tozalash tavsiya etiladi.

Anjomlar

Har gal foydalangandan keyin anjomlarni yuving va oshxona sochig'i bilan quriting. Qotgan kirlarni ketkazish uchun ishlatilgan anjomlarni yuvishdan oldin iliq sovunli suvda 30 daqiqacha iviting.

Katalitik emalli yuza (ayrim modellardagina)

Olinadigan qismlar to‘q kulrang katalitik emal bilan qoplangan. Konveksion isitish paytida ular havo aylanishi tufayli yog‘ va moylardan kirlanishi mumkin. Ammo bu kirliklar 200 °C yoki undan yuqori haroratda kuyib ketadi.

1.Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.

2.Pech ichini tozalang.

3.Maksimal harorat bilan Konveksiya rejimini tanlang, keyin siklni bir soat ishlating.

IZOH

Modeliga qarab, katalitik qismlar bir tomondan yoki 3 tomondan qoplangan.

Eshikni olish

Oddiy foydalanish maqsadlarida pech eshigi olib qo'yilmasligi kerak, biroq, masalan, tozalash maqsadida eshikni olish zarur bo'lgan hollarda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.

DIQQAT

Pech eshigi og'ir.

1. Eshikni oching va har ikkala ilmoqlardagi qisqichlarni to'liq oching.

2.Eshikni taxminan 70° ga yoping. Ikkala qo'llaringiz

bilan pech eshigi yon tomonlarining o'rta qismidan mahkam ushlang va ilmoqlar olinishi mumkin bo'lgunicha torting.

70°

3.Tozalagandan keyin eshikni biriktirish uchun 1- va 2-qadamlarni teskari tartibda bajaring. Har ikkala

tomondagi ilmoqlarning qisqichlari yopilishi kerak.

O'zbek  25

Xizmat ko‘rsatish

NV70K2340RS_WT_DG68-00756A-01_RU+UK+KK+UZ.indb 25

2017-02-06 ￿￿ 2:56:54

Page 121
Image 121
Samsung NV70K2340RS/WT, NV70K2340RB/WT manual Xizmat ko‘rsatish, Tozalash