Jihoz yuzasiga hasharotlarga qarshi vosita kabi uchuvchan moddalarni sepmang.

-Insonga zararli hisoblanishi bilan bir qatorda bu vosita elektr toki urishi, yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi yoki mahsulot bilan tegishli muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Suv dispenseri teshigiga, muz tarnovi yoki muz tayyorlagich chelagiga barmoqlaringizni yoki boshqa buyumlarni tiqmang.

-Bu shaxsiy tan jarohati olish yoki moddiy zarar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin.

Haroratga nisbatan sezgir bo'lgan moddalar, masalan, yonuvchan aerozollar, yonuvchan buyumlar, quruq muz, dori vositalari yoki kimyoviy moddalardan muzlatgich yaqinida foydalanmang yoki ularni muzlatgich yaqini yoki ichiga qo'ymang.

Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun muzlatgich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Suv baki, muz patnisi va suv kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) bilan to'ldiring.

-Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to'ldirmang, bu muzlatkichni shikastlashi mumkin.

Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang. Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin. Suv to'ldirilgan idishni qurilma ustiga qo'ymang.

-Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

O'zbek  13 

Untitled-8 13

2017-12-14 ￿￿ 7:30:24

Page 141
Image 141
Samsung RS55K50A02C/WT manual Ozbek 13