O‘rnatish
O‘rnatish
5-qadam Suv manbasiga ulash (faqat tegishli modellarda)
DIQQAT
•Vodoprovod ulashni malakali texnik bajarishi kerak.
•Muzlatgich kafolatiga vodoprovod o‘rnatish kirmaydi. Vodoprovodni o‘rnatish haqi sotuvchining narxiga kirmaydigan bo‘lsa, uni o‘zingiz to‘laysiz.
•Samsung vodoprovod o‘rnatishga javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Agar suv sizib chiqsa, vodoprovodni o‘rnatgan shaxsga murojaat qiling.
IZOH
Mavjud shlanglar to‘plamidan foydalanmang. Suv sizib chiqishi mumkin. Muzlatgich bilan birga kelgan shlanglar to‘plamidan foydalaning.
Sovuq suv quvurini filtrlash shlangiga ulash uchun
DIQQAT
•Suvni filtrlash shlangi sovuq ichimlik suvi keladigan quvurga ulanishi kerak. Issiq suv quvuriga ulansa, tozalash moslamasi noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
A |
C |
B
D |
1.Asosiy suv (A) klapanini yopish orqali suv ta’minotini o‘chiring.
2.Sovuq ichimlik suv (B) quvurini toping.
3.(C) suv quvuriga ulash uchun Vodoprovodni o‘rnatish ko‘rsatmalariga amal qiling. Bu bosqich malakali mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi shart.
4.Ulab bo‘lgandan so‘ng asosiy suv klapanini ochib, 3 litrcha suvni chiqarib yuboring. Shunda quvur ichidagi g‘uborlar tozalanadi.
DIQQAT
Suv quvurida suv sizib chiqishi (D) yo‘qligiga amin bo‘ling.
32 O'zbek