Elektr tokini tejash bo'yicha maslahatlar

Muzlatgichni mos havo almashinuviga ega bo'lgan salqin, quruq xonaga o'rnating. Uning to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida qolmasligiga ishonch hosil qiling va issiqlik manbalari (masalan, radiator) yaqiniga o'rnatmang.

Energiyani sarflash samaradorligini ta'minlash maqsadida havo yo'llari va panjaralarini to'sib qo'ymaslik tavsiya qilinadi.

Issiq ovqat mahsulotini muzlatgichga joylashtirishdan avval uning sovushini poylang.

Muzlatgichdagi muzlatilgan ovqatni eritishga qo'ying. So'ngra muzlatgichdagi ovqatni sovitish uchun sovitilgan mahsulotlarning past haroratidan foydalanishingiz mumkin.

Ovqatni joylashtirish yoki chiqarish vaqtida jihoz eshigini uzoq vaqt ochib turmang. Eshik qancha kamroq vaqt ochiq bo'lsa, muzxona ichida shuncha kam qirov yig'iladi.

Muzlatgichni orqa va yon taraflarda bo'shliq qoldirib o'rnatish tavsiya etiladi. Bu elektr tok iste'molini kamaytiradi va natijada elektr tok uchun xarajatlaringiz ham kamayadi.

Elektr tokdan samarali tarzda foydalanish uchun savatchalar, surilma qutilar, polkalar kabi barcha ichki moslamalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan ta'minlangan o'rinda saqlang.

O'zbek  23 

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

Untitled-8 23

2017-12-14 ￿￿ 7:30:24

Page 151
Image 151
Samsung RS55K50A02C/WT manual Elektr tokini tejash boyicha maslahatlar