Maxsus xususiyatlar

Muzlatgichda sizga manfaat keltiruvchi qulay moslamalar bor.

Suv uzatgichi (dispenser) (faqat tegishli modellarda)

Suv dispenseri yordamida muzlatgich eshigini ochmay turib osongina muzday suv olishingiz mumkin.

Dispenserda ikkita dastak bor: chapdagisi muz uchun, o‘ngdagisi suv uchun.

Muz tayyorlagich yoqib qo‘yilganida,

1. Chap dastakka stakan qo‘yib, itaring. Dispenserdan muz tushadi.

2. Stakanni o‘ng dastakka qo‘yib, itaring. Dispenserdan suv tushadi.

IZOH

To‘kilmasligi uchun suv quyilgan stakanni olishdan oldin 2 soniya kutib turing.

Dispenser dastagini 1 daqiqacha bosib tursangiz, quyishdan to‘xtaydi. Ko‘proq suv olish uchun dastakni qo‘yib yuborib, yana bosing.

Muz sochilib ketishi oldini olish uchun stakan uzatgichga to'g'rilanganiga ishonch hosil qiling.

Agar siz suv dispenseridan 2-3 kun davomida foydalanmasangiz, suvda g'alati hid yoki ta'm bo'lishi mumkin. Bu tizimdagi xatolik emas. Birinchi 1-2 stakan suvni to'kib tashlang.

O'zbek  47 

Ishlatish amallari

Untitled-8 47

2017-12-14 ￿￿ 7:30:30

Page 175
Image 175
Samsung RS55K50A02C/WT manual Suv uzatgichi dispenser faqat tegishli modellarda