Bir qancha jihozni bitta elektr quvvat tarmog'iga ulangan bir necha rozetkalar uyasiga ulamang. Muzlatgich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan holda turishi va undagi quvvat kuchlanishi zavod taxtachasida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.

-Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini

oladi. Yuklanish o'z o'rnida simlarning qizib ketishiga va natijada yong'in chiqish xavfini tug'dirishiga olib kelishi mumkin.

Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.

- Chunki yong'in chiqishi yoki elektr toki urish xavfi mavjud.

Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylarga ega kabeldan foydalanmang.

Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni joylashtirmang.

Elektr kabelini tortmang yoki haddan ziyod bukmang.

Elektr kabelini buramang yoki tugmang.

Elektr kabelini metal narsalarga ildirmang, ustiga og'ir narsani qo'ymang, narsalar orasiga kiritmang yoki jihoz orqasidagi joyga tiqmang.

Muzlatgichni boshqa joyga ko'chirish vaqtida jihozni o'zining elektr kabeli ustidan surish yoki kabelning shikastlanishidan ehtiyot bo'ling.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Hech qachon sovitgichingizni simidan tortib rozetkadan ajratmang. Doimo vilkani mahkam ushlab rozetkadan qiyshaytirmasdan tortib ajrating.

-Elektr simining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.

Muzlatgich yaqinida aerozol ishlatmang.

-Muzlatgich yaqinida aerozol ishlatilsa, portlashi yoki yong‘in chiqishi mumkin.

Jihozni isitgich va yonuvchi material yoniga o'rnatmang.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

O'zbek  7 

Untitled-8 7

2017-12-14 ￿￿ 7:30:23

Page 135
Image 135
Samsung RS55K50A02C/WT manual Ozbek 7