Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,

oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

Pechning ichki va tashqi yuzalari

Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari

Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo’lgan modellar)

HAR DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Yuvib tashlang va arting.

2.Pechning ichki yuzalaridan barcha tomchilar va dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4.Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l qo'ymang. HECH QACHON abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik zichlagichlarini tozalashda:

• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga • eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga

alohida e'tibor qarating

Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini

olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

Bo'shliq ichining yuqori qismini tozalaganda pechni pastga 45°

burchakka burish va keyin uni tozalash

qulaydir. (Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar uchun)

O'zbek - 7

CE103VR_BWT_DE68-03714A-06_UZ.indd 7

2014-07-16 ￿￿ 4:30:38

Page 127
Image 127
Samsung CE103VR/BWT manual Pechning ichki va tashqi yuzalari, Aylanuvchi patnis va rolikli taglik, Alohida etibor qarating