pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish (qo'lda va avtomatik)

Taom tayyorlash

Isitish

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash

issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

Mahsulotlarning miqdori va zichligi

Ularning tarkibidagi suvning miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.

Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi.

Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.

1. СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.

Natija: 800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) ko'rsatkichlari namoyish qilinadi.

2. Doiraviy shkalani bosgandan keyin (800 Vt) Doiraviy shkalani burash va СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosish orqali vaqtni 4-5 daqiqaga o'rnating.

Natija: Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3) Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

O'zbek - 14

MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-03_RU+UK+KK+UZ.indb 14

2017-02-01 ￿￿ 11:38:07

Page 110
Image 110
Samsung MS23H3115FK/BW Pechdan foydalanish, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili, Pechning Togri Ishlashini Tekshirish