QUVVAT DARAJALARI

Siz quyida keltirilgan quvvat darajalaridan bittasini tanlashingiz mumkin.

Quvvat darajasi

Chiqish quvvati

 

 

YUQORI

800 Vt

 

 

O'RTACHA YUQORI

600 Vt

 

 

O'RTACHA

450 Vt

 

 

O'RTACHA PAST

300 Vt

 

 

MUZDAN TUSHIRISH

180 Vt

 

 

PAST/ILIQ TAOM

100 Vt

 

 

Agar quvvatning yuqoriroq darajasini tanlamoqchi bo'lsangiz, unda tayyorlash vaqti kamaytirilishi kerak.

Agar quvvatning pastroq darajasini tanlamoqchi bo'lsangiz, unda tayyorlash vaqti oshirilishi kerak.

TAOM TAYYORLASH VAQTINI O'RNATISH

Har bir bosish bilan 30 soniya tayyorlash vaqtini qo'shgan holda taom tayyorlash vaqtini СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosish orqali orttirish mumkin.

Siz yana qo'shilishi kerak bo'lgan har 10 soniya uchun Doiraviy shkalani bir marta burash orqali ham tayyorlash vaqtini orttirishingiz mumkin.

TAOM TAYYORLASHNI TO'XTATISH

Taom holatini tekshirish uchun taom tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin.

1.Vaqtinchalik to'xtatish;

1)Eshikni oching.

Natija: Taom tayyorlash to'xtatiladi. Taom tayyorlash jarayonini qayta tiklash uchun eshikchani yoping

va yana СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

2)СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.

Natija: Taom tayyorlash to'xtatiladi. Tayyorlash jarayonini qayta tiklash uchun yana СТАРТ/+30сек

(START/+30son) tugmasini bosing.

2.To'liq to'xtatish;

СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing. Natija: Taom tayyorlash jarayoni to'xtaydi. Agar taom

tayyorlash parametrlarini bekor qilmoqchi bo'lsangiz, yana СТОП/ECO (TO'XTATISH/ EKO) tugmasini bosing.

Shunchaki СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosgan holda parametrlarni taom tayyorlash jarayoni boshlanishidan oldin bekor qilish mumkin.

QUVVATNI TEJASH REJIMINI O'RNATISH

Ushbu pech quvvatni tejash rejimi nilan jihozlangan. Ushbu rejim pechdan foydalanilmayotgan vaqtda elektr quvvatini tejab qolishga imkon beradi. Oddiy holat kutish rejimidir va foydalanilmayotgan vaqtda soatni ko'rsatadi.

СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.

Natija: Displey o'chadi.

• Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani oching, keyin displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi. Shundan keyin pech foydalanish uchun tayyor bo'ladi.

Quvvatlarni avtomatik tejash funksiyasi

Agar siz qurilma o'rnatish o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtab turish holatida bo'lganida birorta ham funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va 25 daqiqadan keyin soat namoyish qilinadi.

5 daqiqadan keyin eshikcha ochilgan holda pech chirog'i o'chadi.

O'zbek - 16

MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-03_RU+UK+KK+UZ.indb 16

2017-02-01 ￿￿ 11:38:07

Page 112
Image 112
Samsung MS23H3115FK/BW, MS23H3115FW/BW Quvvat Darajalari, Taom Tayyorlash Vaqtini Ornatish, Taom Tayyorlashni Toxtatish