Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida foydalanmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan zaryadlash qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning.

Umumiy zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasidan foydalaning. Mos kelmaydigan zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda, Samsung qurilma foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

O'zbek