Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling
•Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.
•Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytaring.
•Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.
•Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun
•Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.
•Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki
O'zbek