
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
•Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.
•Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
•Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion
O'zbek