Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall buyumlar bilan birga saqlamang

Qurilmangizning ustki qismi qirilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda, yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.

Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang

Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati yo‘qotilishi mumkin.

Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi ilovalardan foydalanmay turing

Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Agar qurilmada yoritkich moslamasi bo‘lsa, uni insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang

Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling

Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.

Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.

Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

O'zbek