Diqqat

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning zararlanishiga olib kelishi mumkin

Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida foydalanmang

Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi. Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.

Qurilmangizdan shifoxona, samolyot yoki radio chastota tomonidan halaqit berilishi mumkin bo‘lgan avtomatik moslamalarda foydalanmang

Qurilmangiz va kardiostimulyator orasida 15 sm masofa qoldiring, chunki qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.

Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda joylashgan tomonida ishlating.

Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘laning.

Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin. Samolyot havoga ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan vaqtda qurilmangiz o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat bersa, havoga ko‘tarilgandan so‘ng qurilmangizdan foydalanishingiz mumkin.

O'zbek