Qurilmani va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va joylashtiring
•Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
•Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.
•Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi mumkin.
•Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang. Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan himoyalang•Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.•Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
•Batareyani metal obyektlar bilan kontaktga kirishlarini oldini oling, chunki bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasida tutashishni yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.
•Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.Diqqat: Qurilmangizdan taqiqlangan hududlarda foydalanishda barcha xavfsizlik ogohlantirishlariga rioya qiling
Qurilmangizdan elektron qurilmalar yaqinida foydalanmangKo‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi. Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.
Kardiostimulyator yonida qurilmangizdan foydalanmang•Qurilmangiz va radiostimulyator orasida 15 sm masofa saqlang, chunki qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.
•Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun, qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda joylashgan tomonida ishlating.
O'zbek
453