Qurilmangizni kasalxonada yoki radio chastotadan foydalanuvchi tibbiy uskuna yonida ishlatmang

Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘laning.

Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv haqidagi ma’lumotlarni olish uchun, ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning

Qurilmangiz tomonidan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval, qurilma tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring

Portlash ehtimoli yuqori bo’lgan muhitlarda batareyani olib tashlamasdan, qurilmangizni o’chiring.

Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.

Yoqilg‘i quyish shahobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan foydalanmang.

Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada saqlamang yoki olib yurmang.

Samolyotda bo‘lganingizda qurilmangizni o‘chirib qo‘yingQurilmangiz samolyotning elektron asbob-uskunalari ishiga xalal berishi mumkin.Qurilmangiz avtomobil uskunalari ishiga xalal berishi mumkin

Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.

O'zbek

454