Xavfsizlik ma’lumoti

Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi ma’lumotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga mos kelmasligi mumkin. O‘zingizga va atrofdagilarga shikast yetkazmaslik, qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun, qurilmani ishlatishdan avval xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing.

Diqqat: Elektr toki, olov va portlashdan saqlang

Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang

Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang

Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda qurilmadan foydalanmang yoki uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirmangQurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va zararlamang

Qurilmani ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan zaryadlash qurilmasi bilan zaryadlamang

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan foydalanmang

Qurilmangiz to‘g‘ri ishlamasligi mumkin va Sizning elektr toki urishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani ishlatmang

Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiyalash uchun, eng yaqin tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.

O'zbek

452