
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•Yangi Samsung sovitkichidan foydalanishdan avval ushbu yangi jihozdan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida xususiyat va funksiyalarni bilish uchun ushbu qo‘llanmani yaxshilab o‘qib chiqing.
•Bu jihoz jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilim va tajribalari yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan, bolalar), toki ular ushbu jihozdan foydalanishda nazorat qilinmasalar yoki ularning xavfsizliklari uchun javobgar shaxs ularga ushbu jihozdan foydalanish haqida ko‘rsatmalar bermagan bo‘lsa, foydalanishlari uchun mo‘ljallanmagan.
•Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu jihozdan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, bu jihozdan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. Bolalarga jihoz bilan o‘ynash taqiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.
•Ushbu qo‘llanmadagi Ogohlantirishlar va Muhim xavfsizlik ko‘rsatmalari yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi. Umumiy ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish va jihozingizni o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish va ishlatish paytida ehtiyot bo‘lishda o‘zingiz mas’ul hisoblanasiz.
•Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli bo‘lganligi sababli sovitkichingizning xususiyatlari ushbu qo‘llanmada keltirilgan xususiyatlardan biroz farq qilishi mumkin. Agar savol yoki noaniqlik tug‘ilsa, yaqinroqda joylashgan xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling yoki tegishli yordam va kerakli ma’lumotlarni www.samsung.com saytidan oling.
•Sovitish moddasi sifatida
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O'zbek 3